Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda deputatlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi
Saylovda davomat 74 foizdan oshiqni tashkil etgan.
27 oktyabr kungi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovida ro‘yxatga olingan 19 million 944 mingdan ortiq saylovchidan 15 million 27 ming 529 nafari (74,72 foizi) ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Toshkentda o‘tkazilgan brifingda e’lon qildi.
Qonunchilik palatasi uchun Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi 34,75 foiz ovoz to‘plab (26 ta mandat) birinchi, «Milliy tiklanish» partiyasi 18,82 foiz bilan ikkinchi (14 mandat) bo‘ldi.
Keyingi o‘rinlar Xalq demokratik partiyasi (17,11 foiz, 13 ta o‘rin), «Adolat» partiyasi (16,20 foiz, 12 ta) va Ekologiya partiyasi (13,12 foiz, 10 ta o‘rin) o‘rtasida taqsimlangan.
Bir mandatli saylov okrugi bo‘yicha esa O‘zLiDeP 38 ta, «Milliy tiklanish» 15 ta, «Adolat» 9 ta, XDP 7 ta, Ekopartiya esa 6 ta o‘ringa ega bo‘lgan.
Partiyalarning Qonunchilik palatasidagi mandatlarining umumiy soni quyidagicha bo‘ldi:
- O‘zLiDeP – 64 ta;
- «Milliy tiklanish» – 29 ta;
- «Adolat» – 21 ta;
- XDP – 20;
- Ekopartiya – 16 ta.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025