Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylovlarda 832 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etadi
27 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning erkin va hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok etishlarini ta’minlash bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Bu galgi saylovlarda siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilagan deputatlikka nomzodlarning 616 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar ekanligi saylovlarning inklyuzivligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, saylov komissiyalari tarkibida 1 343 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar vakillari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, respublika bo‘ylab saylovchilar orasida 832 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar borligi hamda ularning 105 ming nafari bo‘lajak saylovda ishtirok etishi uchun o‘zgalar ko‘magiga muhtoj ekanligi aniqlangan.
Shundan kelib chiqib, saylovlarda mustaqil ishtirok eta olmaydigan har bir saylovchiga ovoz berishga ko‘maklashish uchun 16 mingga yaqin volontyorlar biriktildi.
E’tiborlisi shundaki, nogironligi bo‘lgan shaxslarni saylovdagi ishtiroki uchun tegishli infratuzilmaviy sharoitlar yaratilmoqda. Xususan,
– ovoz berish xonalariga maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari joylashtirildi;
– ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi saylovchilar mavjud bo‘lgan saylov uchastkalari optik lupalar bilan ta’minlandi;
– barcha saylov uchastkalari Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar bilan ta’minlandi;
– uchastka binolari nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklari (panduslar) yoki “yordamga chaqirish” tugmasi bilan jihozlandi.
Bundan tashqari, saylovga oid axborotlarda surdo tarjima, subtitr yozuvi, Brayl alifbosi va boshqa shakllar orqali yetkazilib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 08:45
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025