Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-centyabr oylarida O‘zbekistonga 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 foizga oshgan.
O‘zbekistonga sayohatga kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
· Tojikiston – 1,6 mln nafar;
· Qirg‘iz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
· Qozog‘iston – 1,1 mln nafar;
· Rossiya – 609,7 ming nafar;
· Turkmaniston – 120,4 ming nafar;
· Turkiya – 84,3 ming nafar;
· Xitoy – 50,4 ming nafar;
· Hindiston – 48,6 ming nafar;
· Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;
· Italiya – 30,3 ming nafar;
· boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.