Vengriyadan professor-o‘qituvchilar O‘zbekistonda dars berish uchun yuboriladi

O‘zbekiston 11:40 / 23.10.2024 1312

Muzokaralar chog‘ida Vengriya tomoni Stipendium Hungaricum dasturi bo‘yicha o‘zbekistonlik talabalarga Vengriya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun yillik kvotalar ajratish orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, O‘zbekistonning ixtisoslashtirilgan universitetlari bilan akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, jamg‘arma rahbariyati qo‘shma loyihalarni, jumladan, Vengriya universitetlaridan professor-o‘qituvchilarni O‘zbekistondagi universitetlarga dars berish uchun yuborish, qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, "Pannonia" va "Erazmuz+" xalqaro hamkorlik dasturlari doirasida uzoq muddatli asosda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi.

Jamg‘arma STEM fanlarini o‘qitish uchun grantlar ajratishga katta ahamiyat beradi. Shu munosabat bilan Richard Bodrogi o‘zbekistonlik talaba va olimlarning bu boradagi qo‘shma dastur hamda loyihalarda ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Vengriya tomoni bilan hamkorlikning amaliy qadami sifatida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqish borasida onlayn muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: