O‘zbekiston davlat xizmatlarini yaxshilashda BAA tajribasidan foydalanadi

O‘zbekiston 12:53 559

Maqolada O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida o‘zaro hurmat, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish hamda innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan hamkorlik haqida so‘z yuritiladi.

Nashrga ko‘ra, ikkala davlat ham raqamli transformatsiya, shaffoflik va huquqiy islohotlarga e’tibor qaratmoqda. BAA O‘zbekiston uchun samarali boshqaruv modeli bo‘lib, BAAning o‘zi O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim hamkor sifatida ko‘rishi ta’kidlanadi.

Muallif savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda imzolangan bitimlar hamkorlikning muhim qismi ekanligi haqida so‘z yuritadi. Sud tizimi va huquqni qo‘llash tizimini isloh qilish, shu jumladan elektron hujjat aylanishini joriy etish va huquqiy tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha birgalikda ish olib borish muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi e’tirof etiladi. "Shuningdek, Toshkent shahrida xalqaro tijorat sudini tashkil etish masalasi muhokama qilinmoqda", - deya qo‘shimcha qilinadi maqolada.

BAA tajribasidan foydalangan holda, jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etish va byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish orqali O‘zbekistonda davlat xizmatlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlanadi. Blokcheyn va sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalarni raqamlashtirish va qo‘llash islohotlarning asosiy jihatlariga aylanishi ham alohida e’tirof etiladi.

"O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi sheriklik muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik namunasi bo‘lib, u har ikki tomonga ham foyda keltiradi va barqaror rivojlanish hamda institutsional islohotlarga hissa qo‘shadi", – deb yozadi Sahm News.

 

Ko‘proq yangiliklar: