Toshkent shahridan Xitoyning Xanchjou shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Uzbekistan Airways xabar berishicha, qatnovlar 17 noyabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Parvozlar yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 12:40; Xanchjouga yetib borish soat 22:00;
- Xanchjoudan jo‘nab ketish soat 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat 04:10.
Bir tomonlama aviachipta narxi 4 046 000 so‘mdan, Toshkent−Xanchjou−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 003 000 so‘mdan boshlanadi.