O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Gurjistonning mamlakatdagi muvaqqat ishlar vakili David Kotariyani qabul qildi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda 2024 yilda amalga oshirilgan hamkorlikdagi ishlar yakunlari sarhisob qilinib, joriy yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi. O‘zbekiston-Gurjiston munosabatlarini izchil mustahkamlash va ularni amaliy mazmun bilan to‘ldirishga intilish tasdiqlandi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi barcha dolzarb masalalar, xususan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.