“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?

O‘zbekiston 17:03 3625

Xo‘sh, “O‘zbekiston havo yo‘llari” bunday vaziyatlarga tayyormi?

Rus aviakompaniyasi Red Wings samolyoti RWZ-1512 raqamli reys bilan Toshkentdan Qozonga uchib, qo‘nadigan vaqtida Ukrainaning bu shaharga havodan hujumiga to‘g‘ri kelib qoldi. “Kovyor” rejasi tufayli havo kemasi manzilga qo‘na olmay, 80 kilometr masofada aylanib turgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:25 da samolyot Samara tomon yo‘l olib, Kurumoch xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

Tatariston hukumati dron hujumi 20 yanvarga o‘tar kechasi sodir bo‘lganini tasdiqladi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida samolyot zavodi hududidagi bo‘sh sisterna yonib ketgan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa bir kechada jami 31 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Qurbonlar va jiddiy zararlar qayd etilmagan.

O‘zbekistondagi aviakompaniyalar bunday vaziyatlarga tayyormi?

Ukraina bilan urush davom etar ekan, Rossiya osmoni fuqarolik samolyotlari uchun ham xavfli bo‘lib qoldi. 25 dekabr kuni Ozarboyjon havo yo‘llariga tegishli samolyot Bokudan Grozniyga uchib, xuddi shunday havodan hujum tufayli Oqtovga yo‘naltirilgan va aviahalokatga uchragan edi.

Kun.uz “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ matbuot xizmati bilan bog‘lanarkan, aviakompaniya bunday vaziyatlarga qanchalik tayyor yoki yo‘qligini so‘radi. Aytilishicha, Rossiya osmonidagi vaziyat ortidan aviakompaniya hushyorlikni oshirgan. Agarda samolyotlardan biri xuddi shunday havodan hujum holatiga duch kelsa, havo kemasi komandiri eng so‘nggi ma’lumotlar asosida keyingi harakatini aniqlashtiradi.

Ha, bu holatlarga har bir aviakompaniya uchuvchilari tayyor turishadi. Havo kemasi komandiri vaziyatni baholab, parvoz davomidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni aniqlashtiradi hamda shunga tayanadi. So‘ngra aviakompaniyaning belgilangan qoidalariga muvofiq eng xavfsiz parvozni ta’minlash uchun harakat qiladi”, - deydi matbuot xizmati.

Ko‘proq yangiliklar: