Maskning amaldor sifatidagi muvaffaqiyati manfaatlar muvozanatini saqlay olishiga bog‘liq - The Economist

Jahon 18:52 1329

Maskning g‘oyalari texnologik yetakchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo Trampning jamoasidagi ayrim guruhlar bilan kelishmovchiliklarni ham keltirib chiqaryapti, deb yozadi Financial Times.

Nashrga ko‘ra, prezidentning jamoasi uchga bo‘lingan: an’anaviy usullarni ma’qul ko‘ruvchi konservatorlar; import uchun yuqori tariflar va migratsiyaga qattiq cheklovlar taklif qilayotgan “Avvalo Amerika” g‘oyasi tarafdorlari; hamda Mask kabi yangi imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlayotgan innovatorlar. Bu qarashlar o‘rtasidagi farq ichki tortishuvlarga olib kelishi mumkin.

Trampning iqtisodiy strategiyasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri – neft va gaz qazib olishni oshirish orqali sanoatni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishdir. Biroq, bu yo‘nalish ekologlar tomonidan tanqid qilinmoqda, ular buning atrof-muhitga ta’siridan xavotirda.

Shuningdek, import uchun yangi tariflarni joriy etish ham ish stolidagi eng ustuvor masalalardan. Bu esa Amerikaning Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalariga ta’sir ko‘rsatadi.

Ekspertlar fikricha, Ilon Maskning roli islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishi mumkin, ammo bu jarayonda bahs va muammolar paydo bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Uning noan’anaviy yechimlarni taklif qila olish qobiliyati iqtisodiy o‘zgarishlarni tezlashtirishi mumkin, lekin bu harakatlarning muvaffaqiyati o‘z biznes manfaatlari va davlat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlay olishiga bog‘liq, deya xulosa qiladi The Economist.

Ko‘proq yangiliklar: