Tramp Kennedi o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni oshkor etishga va’da berdi

Jahon 16:54 1754

AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘plab maxfiy hujjatlarni, xususan, mamlakatning 35-rahbari Jon Kennedi o‘ldirilishi bilan bog‘liq hujjatlarni oshkor qilishga va’da berdi.

Tramp 20 yanvar kuni poytaxt Vashingtondagi Capital One Arena sportzalida minglab tarafdorlari bilan uchrashdi.

U sobiq prezident Jon Kennedi va qortanlilar huquqlari harakati yetakchisi Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi bilan bog‘liq maxfiy hujjatlarni lavozimga kirishganidan so‘ng oshkor qilishini aytdi.

«Biz jamoatchilikni qiziqtirgan boshqa masalalarga oid hujjatlarni ham e’lon qilamiz», deb qo‘shimcha qildi Tramp.

U avvalroq, jamoatchilik bu masalalar bo‘yicha to‘liq shaffoflikka loyiq ekanini aytgan edi.

AQSh 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda (Texas shtati) o‘ldirilgan. U ochiq limuzinda ketayotib, miltiqdan o‘q yeb, halok bo‘ldi. Rasmiy tergov qotil Li Harvi Osvald ekanini e’lon qildi, u yolg‘iz harakat qilgani aytildi. Biroq, bu jinoyatda boshqa shaxslar yoki guruhlarning ishtiroki haqida ko‘plab fitna nazariyalari mavjud. Kennedi o‘limi bilan bog‘liq tergov hujjatlari maxfiylashtirilgan.

AQSh qoratanli fuqarolari huquqlari yetakchisi Martin Lyuter King 1968 yil 4 aprelida Tennessi shtatining Memfis shahrida o‘ldirildi. U Lotaringiya motelining balkonida otib o‘ldirildi. Jyeyms Erl Rey qotillikda ayblanib, o‘z aybiga iqror bo‘ldi, biroq keyinchalik o‘zining aybsizligini e’tirof qildi. Martin Lyuter King o‘limi bilan bog‘liq tergov hujjatlari ham maxfiylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: