Tehron: qo‘shnilar o‘z yerlaridan Eronga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasligini kafolatladi

Jahon 10:09 / 23.10.2024 2646

Eronga qo‘shni davlatlar o‘z yerlaridan Islom Respublikasiga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasliklari haqida kafolatlar bergan. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Kuvaytga rasmiy tashrifi chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi Eronning ANA axborot agentligi.

«Qo‘shnilarimiz o‘z yerlaridan Eronga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasliklari haqida kafolat berdi. Quvayt men tashrif buyurgan mintaqadagi 11-davlatdir. Bu mamlakatlarning barchasida keskinlik to‘xtashi va kuchayib ketmasligi kerakligi to‘g‘risida konsensus mavjud», — dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari birgalikda harakat qilsa, urush avj olishining oldini olishi mumkin bo‘ladi.

Ayni paytda Araqchi Eron mintaqada urush bo‘lishini istamasligini, balki har qanday ssenariyga tayyor ekanini ta’kidladi.

«Isroil mintaqada urushni kengaytirishga harakat qilmoqda, biz bu falokatning oldini olishimiz kerak», deb hisoblaydi Eron vaziri.

«Mintaqadagi barcha davlatlar Isroilning Eronga hujumiga qarshi ekanini bildirdi. Biz Isroil hujumi sodir bo‘lgan taqdirda xuddi shunday javob berishimizni ta’kidlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ko‘proq yangiliklar: