Isroilning uch vaziri Hamas bilan sulh sababli iste’foga chiqdi

Jahon 14:01 1732

Isroilning G‘azo sektorida Falastinning Hamas guruhi bilan tuzgan sulhiga norozilik sifatida Isroilning uch vaziri iste’foga chiqdi. Bu haqda 19 yanvar, yakshanba kuni The Times of Israel gazetasi o‘ta o‘ng "Otsma yexudit" ("Yahudiy kuchi") partiyasi bayonotiga tayangan holda xabar berdi, ularning uchalasi ham uning vakili hisoblanadi. Xabarda aytilishicha, "Otsma yexudit" rahbari va Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Hamas bilan kelishuvni «terrorizmning to‘liq g‘alabasi» deb atagan va bosh vazir Binyamin Netanyahuni «barcha mafkuraviy qizil chiziqlarni kesib o‘tganlik»da ayblagan. Ben-Gvir, shuningdek, bunday kelishuv «kelajakda garovga olish holatlari uchun sharoit yaratishini» aytdi.

Ben-Gvirning partiyadoshlari, meros vaziri Amikay Eliyaxu va Negev, Jalila va milliy mustahkamlik vaziri Itsxak Vasserlauf ham iste’foga chiqdi. Bundan tashqari, "Otsma yexudit" partiyasi hukmron koalitsiyadan chiqishini e’lon qildi. Uning bayonotida aytilishicha, agar Hamasga qarshi harbiy harakatlar qayta boshlanib, «to‘liq g‘alabaga qadar davom etsa» qaytishga tayyor.

Otashkesim Isroil hukumatining yana bir a’zosi, moliya vaziri va "Diniy sionizm" partiyasi rahbari Betsalel Smotrich tomonidan tanqid qilindi. Biroq qayd etilishicha, Netanyahuning u va Ben-Gvir bilan uchrashuvidan so‘ng Smotrich hozircha hukumatni tark etmaslikka va’da bergan, ammo hukumat sulhning birinchi bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishga qaror qilsa, koalitsiyani tark etish bilan tahdid qilgan. Smotrichning ketishi mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishiga olib kelishi mumkin, deya qayd etadi Isroil OAV.

Isroil 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi

Isroil Hamas harakati bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida 90 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qildi, deb xabar bermoqda Reuters 20 yanvarga o‘tar kechasi falastinliklar ozod etilgan Isroil qamoqxona xizmatiga tayanib. Bu ma’lumotni AFP agentligi jurnalistlari tasdiqladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oynalari qoraytirilgan ikkita avtobus Iordan daryosining g‘arbiy sohilida joylashgan Ofer harbiy qamoqxonasi hududidan chiqib ketgan.

The Times of Israel nashrining yozishicha, gap G‘arbiy Sohilning 78 nafar va Sharqiy Quddusning 12 nafar fuqarosi haqida ketyapti. Ynet portali ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida 69 nafar ayol, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan qiz, 8 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bola va 12 nafar erkak nisbatan kichik jinoyatlar uchun sudlangan.

Ko‘proq yangiliklar: