Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi

O‘zbekiston 09:17 / 23.10.2024 1887

Prezident tomonidan «Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-10-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun imzolandi.

Hujjat bilan MJtKga Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, xuddi shuningdek mazkur yagona ruyxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: