9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi

O‘zbekiston 12:04 / 23.10.2024 2724

Bojxona qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan hay’at yig‘ilishida aytilishicha, 59 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 ming 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolingan.

Hisobot davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Chegarada import tovarlari ustidan bojxona ko‘riklari samaradorligi oshib, 356 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida 10 mingdan ortiq tadbirkorlarga 38 trillion so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llangan, 5 trillion so‘m bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: