Andijonga Xitoyning Faw Trucks kompaniyasi rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mazkur kompaniya hamkorligida Andijonda umumiy qiymati 100 mln dollar bo‘lgan loyiha qurilishi boshlanadi. Loyiha yiliga 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Delegatsiya a’zolari Andijondagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, NAWAS brendi ostida havo tozalash uskunalari, konditsionerlar ishlab chiqarish loyihasining bugungi kundagi qurilish ishlari haqida yaqindan ma’lumot berildi.