5 oktyabr kuni siyosiy partiyalar raislari o‘rtasida 2024 yilgi saylovoldi jarayonlari doirasida debat bo‘lib o‘tdi. Debat jarayonida beshta siyosiy partiyaning rahbarlari o‘z saylovoldi dasturlari bilan tanishtirib, ularning asosiy yo‘nalishlari va g‘oyalarini jamoatchilikka yetkazishdi.
Debat 2 raundda tashkil etilib, birinchi raundda Spikerlar ikki daqiqalik murojaatlar bilan chiqish qilishdi, saylovchilarga saylovoldi dasturini taqdimot qilib, uning asosiy jihatlarini bilan tanishtirib, ilgari surilgan tashabbus, g‘oya, takliflarni yoritib berishdi.
Ikkinchi raundda partiya raislari zaldagi saylovchilarning savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdi. Partiya raislariga qoida tariqasida to‘rttadan savol berish imkoniyati taqdim qilindi. Partiya rahbarlari berilgan savollarga ketma-ket javob berishdi. Spikerlar ajratilgan yetti daqiqa ichida to‘rttadan ko‘p savolga javob berishga ruxsat etildi. Bir savol uchun javob berishga o‘rtacha bir yarim daqiqa vaqt ajratildi.
Debat "O‘zbekiston-24", "Uzreport TV", "Sevimli", "Zo'r TV", "Renessans", "Mening yurtim", "Dunyo bo‘ylab" telekanallari, shuningdek, "Xalqaro press klub"ning Facebook va YouTube sahifalari hamda "Saylov-2024" telegram kanali orqali ham jonli efirda namoyish etildi.