O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi

O‘zbekiston 09:20 / 09.10.2024 757

“Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammitida ishtirok etdik. Sammit doirasida turli uchrashuvlar bo‘lib, muhim kelishuvlarga erishyapmiz”, deb yozdi vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning bildirishicha, 7 oktyabr kuni Nitssadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuvda turli malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Fransuz tomoni ushbu yo‘nalishlarda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nitssadagi Frankofoniya universiteti o‘rtasida 2025 yil davomida 200 nafar o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: