Latviya mudofaa xarajatlarini qoplash maqsadida banklar uchun soliq joriy etadi

Jahon 00:54 / 09.10.2024 2022

Latviya hukumati mudofaa xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy tashkilotlarga kelgusi uch yil davomida qo‘shimcha soliq joriy etishni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi Bloomberg.

«Ushbu qonun davlatning milliy xavfsizlik sohasidagi moliyaviy ehtiyojlarini ta’minlash uchun qo‘shimcha resurslarni topishga yordam beradi», — deydi Latviya moliya vaziri Arvils Asheradens.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, banklarning sof foiz daromadlariga ta’sir ko‘rsatadigan yangi choralar 2025 yilda budjetga 93 million yevro, keyingi ikki yilda esa 85 million yevrodan qo‘shimcha mablag‘ olib keladi. Shu bilan birga, kreditlash hajmini oshiradigan muassasalar soliq stavkasini pasaytirishlari mumkin bo‘ladi.

Qonun loyihasi imzolanish uchun prezident Edgars Rinkevichsga yuborilishdan oldin Latviya parlamenti tomonidan ma’qullanishi kerak.

Avvalroq Latviya xavfsizlik nuqtai nazaridan Belarus bilan chegarada kuchaytirilgan nazorat rejimini joriy yil oxirigacha uzaytirgan edi. Ko‘p sonli muhojirlar Belarus-Latviya chegarasi orqali Yevropa Ittifoqiga noqonuniy kirishga urinishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds 2024 yilda mamlakat mudofaa xarajatlarini YaIMning 3 foiziga yetkazishini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: