O‘zbekistonlik 29 yoshli professional bokschi 21 dekabr kuni Ar Riyodda tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Raqib — ukrainalik Sergey Bogachuk.
Oqshomning markaziy jangi britaniyalik sobiq chempion Tayson Fyuri va uning vaznida 4 ta kamar sohibi bo‘lib turgan ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasida o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Madrimov (10-1-1) oxirgi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. 29 yoshli Bogachuk (24-2-0) esa so‘ngi jangida amerikalik Verjil Ortisga yutqazgan.