Britaniya aholisi migrantlar hisobiga so‘nggi 50 yil ichida eng yuqori darajada o‘sdi

Jahon 16:20 / 09.10.2024 3724

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yil o‘rtalarida Buyuk Britaniya aholisi soni 68,3 million kishini tashkil etgan, bu 2022 yil o‘rtalariga nisbatan 1,0 foizga ko‘p. Sof xalqaro migratsiya aholi sonining ko‘payishida asosiy omil bo‘ldi”, — deyiladi saytda.

Aniqroq aytganda, ko‘rsatilgan davrda Birlashgan Qirollik aholisi 662,4 ming kishiga oshdi. Bu 1971 yilda ro‘yxatga olish boshlanganidan buyon yillik eng katta son va foizli o‘sish hisoblanadi.

Buyuk Britaniya uchun asosiy muammolardan biri La-Mansh bo‘g‘ozini havo to‘ldirilgan qayiqlarda kesib o‘tuvchi noqonuniy muhojirlardir. So‘nggi yillarda ularning soni muttasil oshib bormoqda.

Iyul oyining oxirida mamlakatda muhojirlarga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bunga Sautportdagi bolalar raqs studiyasiga uyushtirilgan hujum sabab bo‘ldi. Jinoyatchi musulmon ekani haqidagi xabarlar fonida politsiya 17 yoshli hujumchi Buyuk Britaniyada tug‘ilganini ta’kidlab, “uydirmalar hech kimga foyda keltirmasligini” aytdi.

Namoyishchilar, xususan, muhojirlar yashaydigan mehmonxonalarga bir necha marta hujum qilgan.

Aprel oyida Britaniya parlamentining yuqori palatasi hukumat bosimi ostida Britaniya hududini noqonuniy kesib o‘tgan migrantlarni Afrikaning Ruanda davlatiga deportatsiya qilish haqidagi bahsli qonun loyihasini qabul qilgandi.

Ruandaga noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishni 2022 yilda Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Boris Jonson taklif qilgan edi. Bu bilan u La-Mansh bo‘g‘ozi orqali noqonuniy migrantlarni tashish bo‘yicha biznes modelni yo‘q qilishni ko‘zlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: