Gurjiston parlamenti prezidentga impichment jarayonini qayta boshlaydi

Jahon 08:56 / 08.10.2024 2105

Kremlparast siyosatchi Bidzina Ivanishvilining hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini qayta boshladi. «Parlament ko‘pchilik Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini qayta boshlash va parlamentning yangi chaqirig‘ining dastlabki yig‘ilishlarida kamida 100 ovoz bilan uni lavozimidan chetlashtirishga qaror qildi», — dedi «Gurjiston orzusi» siyosiy kengashi a’zosi va parlament raisi Shalva Papuashvili partiya ofisida bo‘lib o‘tgan brifingda. Bu haqda 7 oktyabr, dushanba kuni bir qancha Gurjiston ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Partiya qarori Zurabishvilining Parij, Bryussel, Berlin va Varshavaga tashrifi, u yerda Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen hamda Polsha, Germaniya va Fransiya prezidentlari Anjyey Duda, Frank Valter Shtaynmayyer va Emmanuel Makron bilan uchrashuvlar o‘tkazgani bilan bog‘liq. Papuashvilining bayonotiga ko‘ra, 2023 yil 16 oktyabrda mamlakat Konstitutsiyaviy sudi Gurjiston Konstitutsiyasining 52-moddasiga ko‘ra, prezident faqat hukumat roziligi bilan xorijiy tashriflar qilish huquqiga ega ekanligini e’lon qilgan, biroq unga ko‘ra, Zurabishvili bunday rozilikni olmagan.

Zurabishvili va hukmron partiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar

Salome Zurabishvili 2018 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan edi. Rasmiy ravishda u mustaqil nomzod sifatida ko‘rsatilgan, ammo uni «Gurjiston orzusi» qo‘llab-quvvatlagan. Keyinchalik, davlat rahbari va siyosiy kuch o‘rtasidagi munosabatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Moskva bilan munosabatlardagi kelishmovchiliklar fonida yomonlasha boshladi.

Gurjiston Ukraina va Moldova bilan deyarli bir vaqtda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. 2022 yil iyun oyida Ukraina va Moldova YeI a’zoligiga nomzod bo‘ldi, biroq Gurjiston bu maqomni olmadi. Bryussel uni «qolgan ustuvorliklar hal etilishi bilanoq» Gurjistonga taqdim etishga va’da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: