Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV

Jahon 20:09 / 07.10.2024 5999

Rossiyaning turli idoralari, jumladan, FVV, Tergov qo‘mitasi va Federal jazoni ijro etish xizmatining («FSIN») sakkiz nafar generali lavozimidan olindi. Bu haqda «RIA Novosti» vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berdi.

Lavozimdan olinganlar:

  • Tergov qo‘mitasining Stavropol o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i adliya general-mayori Igor Ivanov;
  • FVV Tezkor boshqaruv departamenti direktori o‘rinbosari general-mayori Aleksandr Molchanov;
  • FVV Moskva viloyati boshqarmasi boshlig‘i ichki xizmati general-leytenanti Sergey Poletikin;
  • Tergov qo‘mitasining Buryatiya bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i adliya general-mayori Vyacheslav Suxorukov;
  • FVV Rostov viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ichki xizmat general-leytenanti Sergey Filippov.

Nashr manbasi generallar nima sabab tufayli lavozimdan olinganiga aniqlik kiritmagan. Gap idoralardagi rejaviy o‘zgarishlar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

FVVning Rostov va Moskva viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari matbuot xizmatilari Filippov va Poletikin lavozimdan olinganini tasdiqladi. Poletikin «xizmat qilish yoshi chegarasiga yetganligi sababli shtatdan chetlashtirilgani» aytilmoqda.

Avgust boshlarida Rossiya Mudofaa vazirligi Innovatsion rivojlanish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Vladimir Shesterov korrupsiya ishi bo‘yicha qo‘lga olingan edi.

Undan oldin esa mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Timur Ivanov, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Vadim Shamarin, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasi (VSK) bosh direktori Andrey Belkov, 1 avgust kuni esa Rossiyaning «Voyentorg» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Vladimir Pavlov Rossiya hibsga olingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: