Katanets salomatligi yomonlashgani bois Eron va BAA bilan o‘yinlarda jamoani boshqarmaydi

Sport 13:48 8697

O‘Fa matbuot xizmati yozishicha, Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani bois shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra yig‘inda qatnashmaydigan bo‘ldi. Bo‘lajak bellashuvlarga jamoani bosh murabbiyning yordamchilari Aleish Chex va Vlado Radmanovich tayyorlashadi. 

Ma’lumot uchun, sloveniyalik mutaxassis bilan bunday holat uchinchi bor kuzatilyapti. 

O‘zbekiston 10 oktyabr kuni Eronni, 15 oktyabrda BAAni qabul qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: