Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz va iliq ob-havo kutilmoqda

O‘zbekiston 18:43 / 07.10.2024 7323

O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.

Dushanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida iliq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati +23…+28 darajani tashkil etadi.

10–11 oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 metr/soniyagacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Hafta davomida havo harorati kechalari +8…+13 darajani, kunduz kunlari +23…+28 darajani tashkil etadi. Faqat respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent shahrida 7 oktyabrdan 10 oktyabrgacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +10…+13, kunduz kunlari +25…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: