Eron Qurolli kuchlari qo‘mondonligi kamida o‘nta ssenariyni ishlab chiqdi, harbiylar ulardan Isroil tomonidan zarba berilgan taqdirda foydalanadi. Bu haqda Tasnim agentligiga tayanib Interfax xabar berdi.
«Eron o‘z javobini isroilliklar qanday darajada amalga oshiradigan bo‘lsa, shu darajada amalga oshirishi shart emas, bu javob boshqa maqsadlarga qaratilgan bo‘lishi mumkin, buning tanlanishi Eronning reaksiyasi samaradorligini oshiradi», dedi Eron qurolli kuchlaridagi manba.
Uning tushuntirishicha, qo‘mondonlik har qanday harakat ssenariysini amalga oshirishga tayyor, biroq unga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, Isroil Eronga qaraganda ancha kichikroq va Isroil «infratuzilmasi yanada zaifroq va kamroq», shuning uchun Eronning javob harakati Isroil rasmiylari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
6 oktyabr kuni Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Alirizo Tangsiriy Eron qo‘mondonligi Tehron Isroil bilan to‘qnash kelgan taqdirda bir qancha harakatlar rejasini ishlab chiqqanini aytdi.
O‘z navbatida, Eron Qurolli Kuchlaridagi manba Tasnim agentligiga Eronning javob formati va uning qarshi hujumlari Isroil tomoni nima qilishiga bog‘liqligini aytdi.