Apple yangi qurilmalarni har yili chiqarishni to‘xtatadi - OAV

Fan-texnika 20:59 / 07.10.2024 2756

Apple asosiy mahsulotlar lineykasidagi yillik yangilanishlar bilan mijozlarni xursand qilmoqda. Odatda, Amerika IT giganti iyun oyida o‘zining yangi dasturiy ta’minotini namoyish etadi, sentabr yangi iPhone va Apple Watch uchun, oktyabr esa Mac va iPad uchun ajratilgan.

Ammo Bloomberg nashrining taniqli insayderi Mark Gurman so‘zlariga ko‘ra, bu sikl tez orada o‘zgarishi mumkin. Apple o‘z mahsulotlarini, shu jumladan iPhone smartfonlarining chiqarish usullarini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Gurmanning ta’kidlashicha, yillik yangiliklarga bo‘lgan zarurat ishlab chiquvchilarga ortiqcha bosim o‘tkazadi. Natijada, Apple yangi funksiyalarni joriy etish va qurilmalari sifatini ta’minlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Masalan, «Sun’iy intellekt (Apple Intelligence) uchun noldan yasalgan birinchi smartfon» deb va’da qilingan iPhone 16 ushbu funksiyalarga ega bo‘lmadi. Ularning paydo bo‘lishi oktyabr oyi oxiriga qoldirildi.

Garchi kompaniya har yili yangi iPhone chiqarishni davom ettirsa-da, «yangi dasturiy ta’minot xususiyatlariga qurilmani moslashtirish» uchun iPhone taqdimotini bir oy keyinga ko‘chirishi mumkin.

Boshqa mahsulotlarga kelsak, ikki yillik yangilanish davriga bosqichma-bosqich o‘tish allaqachon boshlangan, deb hisoblaydi Gurman. Masalan, bu yil Ultra 3 soatini chiqarish o‘rniga, Apple shunchaki Ultra 2 uchun yangi qora rang qo‘shdi. Kompaniya, shuningdek, Apple Watch SE budjet soatini ham yangilamadi. Bu e’tiborni yangi dizayn va yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan yubiley 10-seriyaga qaratdi.

Gurman fikriga ko‘ra, quyidagi mahsulotlar endi har yili ishlab chiqarilmaydi: barcha iPad modellari, Apple Watch SE, Apple Watch Ultra, Mac Studio, Mac Pro, iMac, Mac mini, iPhone SE.

Morgan Stanley tomonidan e’lon qilingan so‘nggi hisobot shuni ko‘rsatdiki, iPhone 16 so‘nggi 5 yil ichida talab pasaygan birinchi avlod bo‘ldi. Shu munosabat bilan Apple yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yangi smartfonlarga buyurtmalar hajmini kamaytirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: