Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

O‘zbekiston 18:32 / 04.10.2024 1743

«Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:

- maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;

- respublikaning barcha tuman va shaharlarida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

- barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning «Metodik mahorat soati», tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa «Metodik mahorat kuni» kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;

- trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.

2025 yil 1 martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ham rag‘batlantirishga ruxsat etiladi.

2025 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman va shahardagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim guruhlari ochiladi.

Ko‘proq yangiliklar: