Qibray - Parkent yo‘nalishida temiryo‘l quriladi

O‘zbekiston 10:31 1860

Toshkent viloyatida Qibray tumani hududidagi Baytqo‘rg‘on va Parkent tumani oralig‘ida elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Loyiha bo‘yicha Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temiryo‘li umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat bo‘ladi. Yangi yo‘nalishni loyihalash ishlari “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati, qurilish ishlari esa temiryo‘lchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.  

Loyiha doirasida 2 ta ajratish punkti, 4 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunel turidagi yo‘l o‘tkazgich, 78 ta suv o‘tkazish inshooti, 7 ta avtomobil yo‘li va temir yo‘li kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan.

Ushbu yangi loyiha yakuniga yetib, foydalanishga topshirilgach Parkent tumaniga tashrif buyuruvchilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortadi.

Ko‘proq yangiliklar: