Samarqanddagi Bibixonim masjidi restavratsiya qilinadi

O‘zbekiston 13:17 / 03.10.2024 3839

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan uchrashib, Samarqand shahridagi Bibixonim masjidini restavratsiya etish loyihasini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda «Og‘a Xon Trast» madaniyat jamg‘armasi va Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi. 

O‘zaro munosabatlar O‘zbekistonning madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish sohasida hamkorlikda ish olib borishga qaratilgan bo‘lib, bu mamlakat uchun ham, butun dunyo uchun ham katta ahamiyatga ega.

Ko‘proq yangiliklar: