Oqqo‘rg‘onda er xotinini o‘lasi qilib urdi
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ini urgan 37 yoshli erkak qo‘lga olingan. Ayol jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
24 yoshli ayolning eri tomonidan o‘lasi qilib kaltaklanib, Chinozdagi kasalxonada yotgani aytilgan xabarlar yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, 16 yanvarda Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.U. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. Ayolning eri protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126(1)-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
IIBB tergov harakatlari davom etayotgani, jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanganini ma’lum qildi. “Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy munosabatda.
Mavzuga oid

16:33 / 06.03.2025
Biz har bir bola bog‘chada o‘zini erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini xohlaymiz - Hilola Umarova

17:01 / 03.03.2025
“O‘lib qutulayotgan” ayollar: jazodan qo‘rqmayotgan zo‘ravonlar va xorij tajribasi asosida ularni erta aniqlash yechimi

08:51 / 22.02.2025
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlanmaydi

14:12 / 13.02.2025