Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi subsidiyalar maqbullashtiriladi

O‘zbekiston 08:07 / 03.10.2024 1598

“Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bog‘dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
  • 2024–2027 yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko‘rsatkichlari.

Agentlik tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat yo‘nalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.

Bunda, 2025 yil 1 yanvardan:

- intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so‘mdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
- suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash uchun subsidiya suv quvurlarining o‘lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha belgilanadi;
- in-vitro usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko‘chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
- ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi.

Ko‘chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024 yil 1 oktyabrdan bekor qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: