O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi 

O‘zbekiston 09:03 / 03.10.2024 9076

O‘zbekiston fuqarolari Qatarga ishga yuboriladi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi va Qatarning Jusour bandlik agentligi rahbariyatlari o‘rtasida  onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qatar tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish istagida ekanini va turizm, IT va tibbiyot sohalari mutaxassislariga talab va qiziqish mavjudligini ta’kidladi. 

“O‘zbekiston Qatar davlati uchun har sohada strategik hamkor mamlakat hisoblanadi. Shu bois yurtingizdan malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ham katta rejalarimiz bor”, dedi Qatarning Jusour bandlik agentligi rahbari Abdulhodiy Bihayt Barqon.

Uchrashuvda ikki tomon ushbu imkoniyatlardan foydalanib, O‘zbekiston fuqarolarini Qatar davlatida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hamkorlik shartnomasini tez kunlarda imzolashga kelishib oldi.

Jusour bandlik agentligi Qatar hukumatiga tegishli bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektorlarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.

Ko‘proq yangiliklar: