O‘zbekiston Stadler kompaniyasidan poyezdlar sotib olishi mumkin

O‘zbekiston 08:19 / 03.10.2024 4030

“O‘zbekiston-2030” rivojlanish strategiyasida har yili harakat tarkiblarini yangilash belgilangan.

Ilhom Mahkamovning aytishicha, kupe, platskart yo‘nalishida va o‘rindiqli harakat tarkiblarini xarid qilish uchun alohida dastur qilingan. Bunda O‘zbekiston bo‘ylab 5 soatgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda elektropoyezdlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda Xivaga qadar temiryo‘l tizimini elektrlashtirish yakuniga yetkaziladi. U yo‘nalishda xarid qilinadigan Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yiladi. Bu hamma talablarga javob beradigan harakat tarkiblari. 

Bundan tashqari, Yevropaning Stadler kompaniyasidan ikkita harakat tarkibi xarid qilinmoqda. Bu O‘zbekiston yo‘llarida ko‘rib, ishlatilganidan so‘ng, uni kattaroq ko‘lamda son jihatdan ko‘proq xarid qilish qarori qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: