O‘zbekiston 2023 yilda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilim fondi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Global bilimlar indeksida 44,8 ball to‘plagan holda 133 davlat orasida 78-o‘rinni egalladi.
Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida ikkinchi ko‘rsatkichdir. Bu reytingda Qozog‘iston yetakchi bo‘lib, 45,6 ball to‘plab, 74-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (44,1 ball, 84-o‘rin) va Tojikiston (36,1 ball, 111-o‘rin) bormoqda.
Indeks mamlakatning ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab oluvchi yetti komponentni o‘z ichiga oladi.
Global reytingda Shveytsariya 69,1 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Yuqori beshlikka Finlandiya, Shvetsiya, Niderlandiya va AQSh ham kirgan.
So‘nggi o‘rinlarni Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya va Chad egalladi.