Germaniyada fuqarolik nafaqalarini olish qoidalari qat’iylashtiriladi

Jahon 09:59 / 03.10.2024 1246

Germaniya hukumati fuqarolik nafaqalari (Bürgergeld)ni oluvchilar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda. Vazirlar mahkamasi tegishli qonun loyihasini tayyorlagani haqida 2 oktyabr, chorshanba kuni Germaniya mehnat vaziri Hubertus Xayl ma’lum qildi.

Agar bunday imtiyozlarni oluvchi uzrli sabablarsiz unga taklif qilingan ishdan yoki o‘qishdan bosh torsa, u keyingi uch oy ichida unga to‘lanadigan to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytirilishini kutishi kerak. Bandlikka ko‘maklashish markazida rahbar bilan rasman rejalashtirilgan uchrashuvga kelmagan ishsiz fuqarolarning to‘lovlari bir oy davomida 30 foizga kamaytiriladi.

Hubertus Xayl, shuningdek, noqonuniy ishlayotgan nafaqa oluvchilarga qarshi rejalashtirilgan sanksiyalarni ham e’lon qildi. Ish markazlari nafaqa to‘lovlarini olayotganda ishlayotganga o‘xshab ko‘ringan mijozlar haqida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishi kerak bo‘ladi.

Germaniya chegaralarida umumiy tanlangan nazorat joriy etilyapti

Germaniya 16 sentabrda kengaytirilgan chegara nazoratini boshlashi oldidan ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ushbu chorani himoya qilib chiqdi va bu chegaralarda uzoq tirbandliklarga olib kelmasligiga va’da berdi. «Biz tartibsiz migratsiyaga chek qo‘yishimiz, kontrabandachilarni to‘xtatishimiz, jinoyatchilarning qo‘lini bog‘lashimiz, radikallarni aniqlashimiz va to‘xtatishimiz kerak», dedi u 15 sentabr kuni chop etilgan haftalik Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida.

Polsha va Gretsiyaning keskin tanqidlari ostida Fezer shunday ta’kidladi: «Biz Yevropaga zarar yetkazadigan choralarni ko‘rmayapmiz, biz qo‘shnilarimiz bilan yaqin hamkorlikda harakat qilyapmiz, chunki tanlangan nazorat tufayli uzoq tirbandliklar bo‘lmaydi. Hozirgi vaziyat buni talab qilmoqda. Biz aqlli nazoratni joriy qilmoqdamiz».

Ko‘proq yangiliklar: