Daniya va Shvetsiyada Isroil elchixonalari yaqinidagi portlashlar tekshirilmoqda

Jahon 11:51 / 03.10.2024 1568

Daniya politsiyasi 2 oktyabr, chorshanba kuni Isroilning Kopenhagendagi elchixonasi yaqinidagi portlashlar bo‘yicha tergov boshladi. Isroilning Daniyadagi elchixonasi diplomatik missiya binosi yaqinida sodir bo‘lgan ikkita portlashda uning xodimlari jabrlanmaganligini ma’lum qildi. «Elchixona yopildi, hech kim jabrlanmadi, binoga zarar yetmadi», — deyiladi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarda.

Avvalroq Daniyaning DR teleradiokompaniyasi 2 oktyabrga o‘tar kechasi elchixona yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lganini xabar qilgan edi.

Shvetsiya politsiyasi portlash va otishma bo‘yicha tergov olib bormoqda

Shu kuni Shvetsiya politsiyasi bir kun avval Stokholmdagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma sodir bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar berdi SVT telekanali. «O‘q otilganini tasdiqlovchi xulosalar chiqarildi, - dedi Stokholm politsiyasi vakili Rebekka Landberg. - Bu kuzatuv kameralari bilan yaxshi himoyalangan hudud va biz ko‘rib chiqishimiz mumkin bo‘lgan materiallar mavjud».

Avvalroq Shvetsiya OAV 1 oktyabr oqshomida Strandvegen ko‘chasida Isroil elchixonasi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Hozirda «qurol ishlatish bilan bog‘liq og‘ir jinoyat va atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi» jinoyat moddasi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: