2024 yilning birinchi yarmida 3837 nafar shaxs korrupsion jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan

O‘zbekiston 18:23 / 03.10.2024 1751

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekistonda 2024 yilning I yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilikni tahlil qildi. Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Joriy yilda (2023 yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan. Jumladan:

  • tijorat banklarida 146 (186);
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
  • Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 30 (33) nafar xodim tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Shuningdek:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237);
  • davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153);
  • mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.
Ko‘proq yangiliklar: