Toshkentda xonadonida giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelayotgan shaxs ushlandi 

Jamiyat 16:52 / 02.10.2024 1717

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida xonadonida ko‘p miqdorda giyohvand moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dorilar saqlab kelayotgan shaxs aniqlangan. 

Ma’lum qilinishicha, IIB, DXX, prokuratura va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahrida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish oyligi doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. 

Ana shunday tadbirlarning birida Yakkasaroy tumanida o‘zida shubha uyg‘otgan shaxs xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning yonidan turli polietilen paketga qadoqlangan giyohvand moddalar topilgan. 

Shundan so‘ng moddalar manbasini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilgan va gumonlanuvchining yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. 

Yakkasaroy tumani IIO FMB jinoyat qidiruv bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, xonadonda juda katta miqdorda, xususan, 6,5 kilogrammdan ortiq turli xildagi giyohvand moddalar, 345 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topilgan.  

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor tadbir natijasida katta miqdordagi zahri qotilning tarqalishi oldi olingan.

Ko‘proq yangiliklar: