Yunusobodda Jyentra haydovchisi drift qilib, avariya holati yuzaga keltirdi. Chora ko‘riladimi? 

Jamiyat 11:11 / 28.09.2024 4921

Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat poytaxtning Yunusobod tumani Shahriston ko‘chasida, shahar 7-sonli kasalxonasi yaqinida yuz bergan. 

Qora rangli Jyentra haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda yo‘lning o‘rtasida bir necha marta xavfli manyovrlar va drift qilgan. Guvohga ko‘ra, u yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yuborishiga bir baxya qolgan. Kamera yozuvlarida mashinaning davlat raqami 10 O 702 XA ekani ko‘rinadi.

MJtKning 128-5-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, haydovchi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek, avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi - 3 mln 400 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu holatga poytaxt YHXX rasmiylari e’tibor qaratib, qoidabuzarga tegishli chora ko‘rishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: