O‘zbekistonda injyenerlik maktablari tashkil etiladi

O‘zbekiston 10:39 793

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran 3 yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:

🔹foyda solig‘ining nol darajali stavkasini qo‘llash;
🔹mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etish.

Elektrotexnika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ommaviy savdolar orqali sotib olinadigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obektlari bo‘yicha to‘lovlarini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga rozilik beriladi.

Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injyenerlik maktablari tashkil etiladi.

2025–2027 yillarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning mahalliy kapital bozorida qisqa (1 yilgacha) va o‘rta (5 yilgacha) muddatli obligatsiyalarini joylashtirish va xalqaro kapital bozorlarida 2 ta tarmoq korxonasining yevroobligatsiyalarini chiqarish hisobiga resurs jalb qilishga ruxsat beriladi. 

Elektrotexnika mahsulotlari eksportini yanada jadallashtirish uchun yangi Eltechexport moliyalashtirish liniyasi joriy etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: