Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi barpo etiladi

O‘zbekiston 08:55 / 28.09.2024 1310

Xiva temiryo‘l vokzali yaqinida 450 metr uzunlikdagi yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi. Bu haqda prezidentga taqdim etilgan loyihalar taqdimotida so‘z bordi.

Bu yo‘l «transportlar qatnovini alohida tashkil etish imkonini beradi, vokzal va «Ichan qal’a» o‘rtasida piyodalar xavfsiz harakatlanadi».

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov vokzal yaqinidagi xiyobonni saqlab qolgan holda yangi yo‘l qurilishini ma’lum qildi.

«Xiva shahrida ilgari qurilgan zamonaviy temiryo‘l vokzal yonida katta alleya barpo etilgan edi. Buning natijasida shaharning shimoliy va janubiy qismlari ajralib qolgandi. [Prezident] transport vositalarida harakatlanuvchi aholiga qulaylik yaratishni ta’minlash hamda shahar ikki qismga ajralib qolganining hisobiga yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq bergandilar. Bugun shahar vokzal oldida barpo etilgan, Xivaning qadimiy qal’alari bilan bog‘lanib ketgan alleyani saqlab qolgan holda yerosti yo‘li qurish bo‘yicha taqdimotimizni ma’qulladilar», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu loyihani 2025 yildan boshlash bo‘yicha topshiriq bergan.

Bu yerosti yo‘li madaniy meros obektlariga umuman zarar yetkazmaydi. Yo‘lning uzunligi 450 metr — 50 metri yopiq, 400 metri ochiq galereya shaklida quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: