O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi 2025-2027 yillarda AACCga raislik qiladi

O‘zbekiston 09:45 / 27.09.2024 1114

"Barqaror jamiyat manfaatlari yo‘lida konstitutsiyaviy odil sudlovni mustahkamlashda konstitutsiyaviy sudlar va unga tenglashtirilgan institutlarning o‘rni" mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda 14 davlat Konstitutsiyaviy sudlarining yuqori lavozimli mutasaddilari, shuningdek, ko‘plab kuzatuvchilar va taklif etilgan mehmonlar qatnashdi.

Konferensiya davomida O‘zbekiston delegatsiyasi "Konstitutsiyaviy adolat tamoyillari", "Tez o‘zgaruvchan global sharoitda konstitutsiyaviy sudlarning roli", "Inson huquqlari va iqlim adolatini himoya qilish" mavzularidagi asosiy muhokamalarda ishtirok etdi.

Kongress yakunlari bo‘yicha konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash va asosiy huquqlarni himoya qilish bo‘yicha eng muhim majburiyatlarni belgilab beruvchi Bangkok deklaratsiyasi qabul qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi 2025-2027 yillarda AACCga raislik qilishini e’lon qilindi. 2025-2027 yillar davomida AACCdagi raislik O‘zbekistonda konstitutsiyaviy boshqaruv va odil sudlovni ilgari surishda istiqbolli yondashuvni namoyon etib, mamlakatga Osiyo mintaqasida konstitutsiyaviy sudlarning kelajagini shakllantirishda muhim rol o‘ynash imkonini beradi.

Ko‘proq yangiliklar: