Oliy Majlis Senatining 57-yalpi majlisida Oliy sud raisi o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Prezident taqdimnomasi va Senatning tegishli qaroriga asosan, Ikrom Muslimov 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.
Olimjon Ismoilov ham 5 yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.