Germaniyada Motsartning ilgari noma’lum bo‘lgan asari topildi
Asar Leypsig kutubxonasida saqlangan va Motsart asarlarining to‘liq ro‘yxatini qayta nashr etishga tayyorgarlik paytida tasodifan topilgan. Serenate ex C 21 sentabr, shanba kuni Leypsig opera teatrida ijro etiladi.

Foto: SCANPIX /Sebastian Willnow/dpa
Germaniyaning dpa axborot agentligi 19 sentabr kuni xabar berishicha, bu Volfgang Amadey Motsart tomonidan o‘smirlik chog‘ida yozilgan Serenate ex C nomli 12 daqiqalik asardir. U boshqa notalar qatorida Leypsig musiqa kutubxonasida saqlangan va Motsart asarlarining xronologik tartibda to‘liq ro‘yxati — Kyoxel katalogi (Köchelverzeichnis) deb nomlangan asarni qayta nashr etishga tayyorgarlik jarayonida topilgan.
Mutaxassislarning fikricha, piyesa yosh daho tomonidan 1760-yillarning oxirlarida, 10-13 yoshlar oralig‘ida yozilgan. Kompozitsiya Motsart asarlariga juda o‘xshaydi, ammo hozirgacha uning muallifligi 100 foiz isbotlanmagan. Shu bilan birga, Motsarteum xalqaro fondi musiqashunosi Ulrix Layzinger boshqa bastakorlarning muallifligini istisno qilishga tayyor va gap yosh Motsartning «shu paytgacha noma’lum va mutlaqo jozibali» ishi haqida ketayotganini ta’kidlamoqda.
21 sentabr, shanba kuni topilma Leypsig opera teatrida keng ommaga taqdim etiladi. Piyesa omma oldida ijro etiladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi

09:10 / 24.02.2025