Angola O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

O‘zbekiston 11:52 / 14.09.2024 1236

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Angolaning yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Augushtu da Silva Kunyani qabul qildi.

"Angolaning O‘zbekistondagi elchisi Augushtu da Silva Kunya janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Akademik almashinuv, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan fikr almashdik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob elchini O‘zbekiston Angola o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda sezilarli natijalarga erishish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor".

O‘zbekiston va Janubiy Afrikada joylashgan Angola o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2002 yil 31 mayda o‘rnatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: