Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar

Jahon 20:14 / 30.12.2024 19866

Rossiya va Ukraina 30 dekabr kuni harbiy asirlarini almashdi, uning natijasida Rossiya tomoni 150 kishini qaytargan, deb xabar bergan RF mudofaa vazirligi. Bu so‘nggi 11 oy mobaynidagi eng keng ko‘lamli asirlar almashuvi bo‘ldi: 2024 yil yanvarida 195 nafar rossiyalik harbiy asir 195 nafar ukrainga almashildi. RF mudofaa vazirligidagilar hozirda rossiyalik askarlar Belarus hududida bo‘lib turganini ma’lum qilgan.

Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova ozod etilgan rossiyalik askarlar bilan avtobusda muloqot qilmoqda. Belarus
​​​​​R​​F mudofaa vazirligi / AP / Scanpix / LETA

Vazirlikka ko‘ra, Ukrainaga ham 150 kishi qaytarilgan, ammo Volodimir Zelenskiy uyga 189 ukrainalik qaytgani haqida xabar bergan, ular qatorida — «Azovstal», Chernobil AES va Zmeiniy orolini himoya qilgan harbiylar, shuningdek, Mariupol tinch aholisi vakili bo‘lgan ikki kishi ham bor.

RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, almashuv BAA vositachiligida amalga oshgan.

Bundan oldingi asirlar almashinuvi 2024 yil 18 oktyabrda bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Rossiya 95 nafar harbiy asirni Ukrainaga topshirgan va ushbu mamlakatdan ham shuncha asirlarini qaytarib olgandi. 17 dekabr kuni inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Tatyana Moskalkova Rossiya va Ukraina harbiylari «ko‘plab asirlarni almashish» bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani, ammo hozircha bu borada kelishuvga erishilmaganini aytgandi.

Ukrainalik harbiylar almashuvdan keyin. S’yomka joyi noma’lum
Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanali
Asirlikdan qaytgan ukrainalik harbiy Chernihivda
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik harbiy xizmatchi Yevgeniy Lyashenko asirlikdan qaytgach, rafiqasi Katerina bilan uchrashmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya asirligidan qaytgan ukrainalik askarlar maktub o‘qimoqda
Maksym Kishka / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Ko‘proq yangiliklar: