Faol keksalarni kambag‘al oilalarga biriktirish tartibi belgilandi
Tanlab olingan uch nafar faol keksaga yashab turgan joyi bo‘yicha 5 tadan kambag‘al oila olti oy muddatga biriktiriladi.
Hukumat qarori bilan «Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom faol keksalarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambag‘al oila farzandlariga ta’lim olish uchun o‘quv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksalarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
Belgilangan tartibda tanlab olingan uch nafar faol keksaga yashab turgan joyi bo‘yicha 5 tadan kambag‘al oila olti oy muddatga biriktiriladi.
Faol keksalar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
«Nuroniy» jamg‘armasi va tanlab olingan faol keksalar o‘rtasida ularni rag‘batlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma rasmiylashtiriladi.
Tanlab olingan faol keksalarga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ularning roziligiga ko‘ra bank plastik kartalariga to‘lab beriladi.
Mavzuga oid

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

18:07 / 04.03.2025
Kambag‘al oilalarga yordam ijtimoiy shartnoma asosida ko‘rsatiladi

20:26 / 03.03.2025