Suhbat davomida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, UrDU huzurida ISMA universitetining matematika va IT yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Roman Dyakonning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni va yaratilgan sharoitlarni inobatga olib Latviya tomoni Xorazm viloyatida ixtisoslashtirilgan maktab ochishdan manfaatdor. Mazkur maktabda ta’lim ingliz tilida olib boriladi hamda barcha bitiruvchilarga Yevropa va boshqa mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlariga IELTS sertifikatlarisiz kirish imkonini beruvchi shahodatnoma beriladi.
Uchrashuv yakunida sentabr oyining ikkinchi yarmida Latviya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, tegishli hamkorlik shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.