Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
Mamlakatda 60 foizgacha boyitilgan 182,3 kg uran mavjud. MAGATEga ko‘ra, bu turdagi boyitilgan 42 kg uran «nazariy jihatdan yadroviy bomba yaratish uchun yetarli».

Foto: AP
Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari (MAGATE) boshqaruvchilar kengashi shu hafta g‘arbning Eronga qarshi rezolyutsiyasini qabul qilmasa, Tehron 60 foizgacha boyitilgan uran zaxiralarini oshirishdan bosh tortishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Eron allaqachon boyitishni to‘xtatish uchun tayyorgarlik choralarini ko‘rib qo‘ygan.
Mamlakatda 60 foizgacha boyitilgan UF6 urani avgustdan beri 164,7 kilogrammdan 182,3 kilogrammgacha oshgan. MAGATEga ko‘ra, 60 foizgacha boyitilgan 42 kilogramm uran «nazariy jihatdan keyingi boyitishlar bilan yadroviy bomba yaratish uchun yetarli».
Tehron, shuningdek, mamlakatga yana qo‘shimcha to‘rt nafar MAGATE inspektorining kiritilishiga ruxsat berishi mumkin.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi bilan uchrashgandi. Grossi Eronga muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan. U Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi va Eron yadroviy idorasi rahbari Muhammad Islom bilan ham uchrashuvlar o‘tkazgan. 14 noyabr kuni MAGATE direktori mamlakat hududidagi bir nechta yadroviy obektlarga tashrif buyurib, Eron yadroviy dasturining rivojlanishi borasidagi to‘liq kartina bilan tanishgandi.
Pizishkiyonning so‘zlariga ko‘ra, Eronning yadvoriy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga qaratilgan va MAGATEning barcha talablariga mos keladi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025