Amerikaning Google korporatsiyasi dasturchilar uchun Android 15 rasmiy versiyasini chiqardi. Android 15 bazaviy kodini Pixel smartfoni foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan Android Open Source Project (AOSP) loyihasidan topish mumkin.
Circle to Search funksiyasi endi Shazam kabi musiqalarni tanib olish imkonini beradi - jamoat joylaridagi video va treklardan nomi va ijrochini bilib olish mumkin.
Theft Detection Lock funksiyasi smartfon o‘g‘irlanganini avtomatik ravishda darhol aniqlaydi va qurilmani bir zumda bloklaydi. Endi ma’lum ilovalarga kirishni cheklash, shuningdek, katta ekranli qurilmalar uchun optimallashtirilgan multitasking imkoniyati mavjud.
Avvalroq Google istalgan qulay vaqtda eski smartfondan ma’lumotlarni Pixel 9 smartfoniga o‘tkazish imkoniyatini qo‘shgan edi. Shuningdek, u Gmail elektron pochtasi uchun Gemini sun’iy intellekt funksiyalarini taqdim etdi.
Yangi tizim foydalanuvchilarga multimedia va kamerani mukammal darajada ishlatishga yordam berishi ta’kidlanmoqda.